Holat yuzasidan Kun.uz mas’ul idoralarga murojaat qildi. Amu-Qaşqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasining ma’lum qilişiça, bu holat ta’mirlaş işlari bilan boğliq.

Qaşqadaryo viloyati hokimining 12 sentabrdagi farmoyişiga asosan 2025-2026 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida irrigatsiya va gidrotexnik inşootlarda joriy ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.

Qarşi magistral kanalining PK366+00 qismida joylaşgan suv tösuvçi inşoot 1983 yilda işga tuşirilgan bölib, 42 yil mobaynida kapital rekonstruksiya qilinmagan. 2005 yildan beri unda töliq joriy ta’mirlaş ham amalga oşirilmagani sababli bugungi kunda mazkur inşootni joriy ta’mirlaşga katta ehtiyoj sezilgan.

“Talimarjon Power Plant 1” MÇJning murojaatiga asosan, 16 sentabrdan “Talimarjon” IESda ta’mirlaş işlari boşlangan va bu vaqtda kanaldan texnik suv olinmagani uçun imkoniyatdan foydalanib, kanaldagi yirik suv tösuvçi inşootda ta’mirlaş boşlangan.

27 sentabrdan PK172+00 qismida vaqtinçalik damba qurilib, suv yöli quritilgan. Hozirgi kunda avtokranlar yordamida 6 ta yirik darvoza hamda ehtiyot qismlari olib taşlanib, ularda ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.

Mas’ullar ta’mirlaş işlari joriy yilning 1 oktyabriga qadar yakunlanişini, şundan söng damba olib taşlanib, suvning odatiy oqimi tiklanişini ma’lum qildi.

Aholi qöşimça ma’lumot uçun Amu-Qaşqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi va uning tizim taşkilotlariga murojaat qilişlari mumkinligi ma’lum qilindi.