Işonç, hurmat va empatiyaga asoslangan munosabatlar har qanday juftlikning barqarorligiga poydevor böladi. Biroq ba’zida munosabatlar şunday şaklga kiradiki, inson nafaqat baxtsiz, balki özligini yöqota boşlaydi. Bunday holatni “toksik munosabat” deb ataşadi. Toksik munosabatlar — bu oddiy tortişuv yoki bir martalik kelişmovçilik emas. Bu — bir inson ikkinçisiga doimiy ravişda hissiy, psixologik yoki hatto jismoniy bosim ötkazadigan uzoq muddatli munosabatlardir. Çunki toksik munosabatda qoliş — oddiy “muammoli juftlik” holati emas, inson hayotini şikastlaydigan, ba’zi hollarda yöq qilib yuboruvçi jarayon. Şu bois, buni erta anglaş, haqiqiy soğlom munosabat qanday bölişi kerakligini örganiş juda muhim.

Xöş, qanday alomatlar toksik munosabatdan darak beradi?

1. Nazorat va çeklovlar – masalan telefon parollaringizni söraş, kim bilan uçraşişingiz, qayerga borişingizdan to kiyiniş uslubingizgaça nazorat qiliş — sevgi emas, bu işonçsizlik va hukmronlik alomati.

2. Manipulyatsiya va ayblaş: “Agar mendan ketsang, men özimni öldiraman”, “Hammasida sen aybdorsan”, “Mensiz heç kimsan” kabi iboralar orqali aybdorlik hissini yuklaşi.

3. Emotsional zöravonlik: doimiy haqoratlar, kamsitiş, tahqirlaş, sovuq munosabat yoki aksinça, sun’iy mehr bilan aldaş.

5. Qörquv hissi: uning yonida sözingizni oçiq ayta olmaslik, tanqid qilişdan qörqiş, javob reaksiyasidan xavfsiraş — sevgida emas, qörquvda yaşaşdir.

Toksik munosabatdan çiqiş uçun avvalo inson öziga ozodlik va xotirjamlik kerakligini tan olişi kerak. Birinçidan, bu munosabat soğlom emasligini anglaş kerak. Muammolar faqatgina sizning “çidaşingiz” bilan hal bölmaydi. Bunday holatda yaqinlardan yordam söraş töğri böladi. Oila a’zolari, işonçli döstlar yoki mutaxassis (psixolog) bilan gaplaşiş — içki qaroringizni mustahkamlaydi. Töğri, bundan çiqiş oson emas, lekin töğri reja asosida qilinsa uy-joy, iş, moliyaviy mustaqillik, bolalar tarbiyasi kabi jihatlar böyiça aniq reja tuziş mumkin.

Esda tutiş kerakki, agar siz toksik munosabatlarni tuzatmasangiz yoki töxtatmasangiz: ruhiy va jismoniy salomatlikni yöqotişingiz, jamiyatdan ajralib qolişingiz mumkin.

Çunki doimiy stress, xavotir, depressiya va öz-özini ayblaş holatlari, öz-öziga işonçni yöqotiş, “men arzimayman” degan fikrning şakllanişi vaqt ötişi bilan uzoq muddatli psixologik kasalliklarga olib kelişi mumkin.

Doimiy asabiylaşiş tufayli yurak-qon tomir, oşqozon, immun tizimiga zarar yetadi.