«Imarat Devlopment» nomi ostida uylarni qurib sotuvçi Marat Xayrullayeviçdan xaridorlar norozi. Tadbirkorning qator loyihalari arzon narx va qulay tölov şartlari bilan jozibali körsatilgani bois yuzlab odamlar tölov qilgan. Ammo oradan köp ötmay mijozlar va kompaniya örtasida nizo çiqa boşlagan. Bunga hali bitmagan uy uçun tuzilgan şartnomani bekor qilmoqçi bölgan fuqarolardan xonadon umumiy qiymatidan 10 foizdan 12 foizgaça jarima uşlab qoliş amaliyoti asosiy sabab sifatida keltirilyapti.  

Kun.uz yana bir «novostroyka» mojarosini örganişga qaror qildi. Tahririyatga yöllanayotgan şikoyatlar orasidan «Imarat Devlopment» nomi ostida köp qavatli turar joy majmualarini reklama qiluvçi va sotuvçi Marat Hamdamov haqidagilari e’tiborimizni tortdi.

Xaridorlar ayrim sabablarga köra uşbu kompaniya bilan tuzgan şartnomasini bekor qilgan yoki endi bekor qilişmoqçi. Ammo bu ularga kattagina xarajatga tuşmoqda. Çunki şartnomada quruvçi taşkilot hali foydalanişga topşirmagan uy umumiy summasining 10 foizidan 12 foizgaça qismi olib qolinişiga oid band mavjud.

Masalan, siz 400 mln sömlik şartnoma qilib, ma’lum muddat davomida 120 mln söm pul tölagansiz. «Imarat Devlopment»ning şartlariga köra, ular bilan tuzilgan kelişuvni bekor qilmoqçi bölsangiz, sizdan 40 mlndan 48 mln sömgaça pul olib qolinadi. Bunda 10 yoki 12 foizlik jarima tölangan 120 mlndan emas, balki 400 mln sömdan hisoblanadi.

Murojaatçi Umaraliyeva sözlariga köra, u 2024 yilda Sergeli City loyihasidan 350 mln söm qiymatdagi xonadonni xarid qilib, umumiy hisobda 166 mln söm tölovlarni amalga oşirgan. Ammo quriliş inspeksiyasining tekşiruvidan keyin şartnomani bekor qiladi. Undan umumiy şartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida jarima uşlab qolingan.

«Ötgan yil şartnoma tuzganimdan uni bekor qilişga ariza yozganimga qadar 166 mln söm pul töladim. Men pul tölagan A10 blokning hujjati ham joyida emas ekan. Lokatsiya ham uzoq edi, unga ham köndik. Quriliş juda sust ketayotgandi. Pulimizni qaytarib bera qolgin desak, siz tomoningizdan şartnoma buzilyapti deb tölangan mablağlardan emas, uyning umumiy qiymatidan 35 mln söm olib qolyapti. 2 yil pulimizni aylantirib, jarima uşlab qolyapti. Yana aytyapti, foizdan voz keçsangiz pul bor, bölmasa yöq. Quriliş vazirligi borib tekşirganda, drenaj va beton işlari yaxşi emasligi, men uy olgan blokning hujjatida ham kamçilik borligi ma’lum böldi», deydi murojaatçi. 

Boşqa bir murojaatçi Ziyoda Oçilovaning sözlariga köra, u Tuzel Park loyihasidan 20 kvadrat metrli 1 xonali xonadonga qariyb 134 mln söm pul tölagan. Ma’lum vaqt ötsa-da, quriliş boşlanavermagaç şartnomani bekor qilişga ariza yoziş uçun kompaniya ofisiga borgan, ammo “Imarat Devlopment”yuristi uning arizasini qabul qilmagan. 

«2025 yilning 21 aprel kuni Tuzel loyihasidan 1 xonali xonadonga dastlab 130 mln 170 ming söm, keyin esa 3 mln 591 ming tölov qildim. Sentyabr oyining tölovlarini ham yopganman. Şartnoma tuzişga borganimda, metrodan 500 metr uzoqlikda ekani, quriliş birdaniga boşlanişi aytildi. Aslida uy metrodan 4,5 km uzoqlikda joylaşgan. Quriliş bölmayotgani haqida gaplar çiqa boşlaganidan keyin suriştira boşladik. Pulimni qaytarib olişga ariza beraman deb borgan kunim 7 iyul edi, ularning yuristi Şuhrat aka degan odam heç qanaqa ariza qabul qilinmasligini aytdi. Şartnomada jarima miqdori uyning umumiy summasidan 12 foiz deb körsatilgan. Ya’ni 224 mln sömdan. Pulimni 100 foiz qaytarib olmoqçiman, çunki ular quriliş işlarini hali amalga oşirişmagan», deydi Ziyoda Oçilova.

Murojaatçi Daliboyevaning ta’kidlaşiça, u ham Sergeli City loyihasidan olgan şartnomasini şu yilning may oyida bekor qilgan. Şartnoma şartlariga köra, mablağ 1 oy muddatda qaytarilişi kerak bölgan, ammo oradan 4 oy ötgan bölsa-da, unga puli berilmagan.

«2024 yil 28 fevralda «Imarat Devlopment» kompaniyasi bilan uy oliş maqsadida şartnoma tuzganmiz. Oyma oy tölovlar qilib yurdim. Keyin men uy olgan blok Quriliş inspeksiyasidan röyxatdan ötmagani haqidagi xabarlarni eşitdim va şu yilning 19 may kuni şartnomani bekor qildim. Bular mendan şartnomaning umumiy summasidan 10 foiz pul uşlab qolgan holda, qolgan summani 1 oy içida qaytarib berişlari kerak edi. 4 oy böldi, hali 1 söm ham olganim yöq», deydi Daliboyeva. 

Malika Eşimovaga köra, «Imarat Devlopment» ning Bristol loyihasidan turmuş örtoğining nomiga uy olişgan. Quriliş obektiga borişganida unga nisbatan qöpol munosabatda bölingani, quriliş haqida töliq ma’lumot berilmayotgani ortidan tölagan 245 mln söm pulini töliq qaytarib olişni xohlayapti. 

«Bristol loyihasidan turmuş örtoğimning nomiga uy olganmiz, menda işonçnoma bor. Bizga quriliş obekti Yangi Özbekiston boğidan 1 km uzoqlikda deb aytilgandi, lekin 15 km ekan. 23 avgust kuni qurilişga ekskursiya taşkil etildi, öşa payti turmuş örtoğim uçun video olaman deganimda meni öşa yerda izza qilib, video olişimga ruxsat berişmadi. Keyin ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida mening rasmimni qöyib, post joyladi. Şu sababli pulimni 100 foiz qaytib olmoqçiman. Şu paytgaça 245 mln söm pul tölaganman. Bu pullarni şunça işlatib, yana mendan foiz olib qolaman deyapti. Jarimani uyning baholangan qiymatidan olib qolmoqçi. Bitta uyi bölsaki, işonsa odam», deydi Malika Eşimova.

Murojaatçi Matyoqubov ham Sergeli City loyihasidan 3 xonali uyga pul tölagan. Xonadonning umumiy summasi 602 mln sömni taşkil etib, Matyoqubov tomonidan 210 mln sömdan köproq tölovlar amalga oşirilgan. Ammo u uy xarid qilgan A12-blok quriliş inspeksiyasining ruxsatnomasisiz qurilayotgani boisidan pulini qaytarib oliş böyiça ariza yozgan. 

Sergeli City loyihasidan uy olgan Mirzabek Xöjayorov ham 2025 yil may oyigaça tölovlarni amalga oşirib kelgan, ammo u ham aynan quriliş inspeksiyasi tekşiruvidan keyin pul ötkazişni töxtatadi.

Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida «Imarat Devlopment» taşkiloti rahbari Marat Hamdamov bilan suhbatlaşdi. Intervyu davomida u quriliş sohasiga kirib kelişi va şu paytgaça qilgan işlari, şartnomalardagi 10 foizdan 12 foizgaça jarimalar haqida izoh berdi.

«2005 yillar, 15-16 yoşlarimda Moskvaga borib, öqib oddiy işçilikdan tadbirkorlikkaça bölgan 14 yilni ötkazganman. 2019 yilda Özbekistonga biznes boşlaş uçun qaytganman. Temir-beton mahsulotlari işlab çiqaradigan zavodga asos soldim. Keyinçalik asta-sekinlik bilan quriliş bozoriga kirib kelganmiz, lekin mustaqil quruvçi bölib emas, balki investor sifatida. Biz qatnaşgan loyihalardan hozirgaça 2000 taga yaqin inson uy olgan. Loyihalarning aniq nomi bölmagan, çunki bir neça kompaniyalar bilan hamkorlikda işlaganmiz. Brendimizni şakllantirişni oxirgi 2 yil içida boşladik», dedi Marat Hamdamov.

Tadbirkorning iddao qilişiça, quriliş işlari yakunlaniş bosqiçida bölgan xaridorlardangina pul uşlab qolingan va bunday mijozlar soni 10 nafar atrofida. Şartnomani bekor qiliş uçun ariza yozgan qolgan mijozlarga bosqiçma bosqiç mablaği qaytarilyapti.

«Hammaga ham jarima qöllanmagan. Mendagi ma’lumotlarga köra şu paytgaça 8 yoki 10 kişidan jarima uşlab qolingan. Buning sababi bor. Aynan öşa insonlarning uyi 90 foizga bitgan, xaridor notöğri vaj keltiryapti. Bizda birinçi kunimizdan boşlab CRM tizimi işlaydi va mijoz haqidagi barça ma’lumotlar saqlanadi. Öşa 10 nafar inson bizdan 10 oydan ortiq muddatdagi tölovlardan qarzdorligi bölgan. Şartnoma tölovlarini töxtatib turişni sörab ariza yozib ketgan, biz buni qanoatlantirganmiz. Keyinçalik yolğon xabarlar tarqalganidan keyin şartnomani bekor qilmoqçi böldi. Mijozlarda hozir pulimni qaytarib berasan degan qaraş böladi. Şartnomada quruvçiga nisbatan ham jarima qöllaş bandlari bor. Ya’ni ikkala tarafda ham riçaglar mavjud. Mana şu holatda biz ular bilan kelişa olmaganmiz. Aynan şuning uçun jarima qöllangan. Sergeli City loyihasining birinçi bosqiçidagi uylarga biz tomonimizdan 80 foiz investitsiya kiritilib, quriliş qilingan. Şartnomani bekor qilmoqçi bölgan insonda bizga işonmaslik uçun heç qanaqa asoslar bölmagan. Agar biz bilan şartnoma qilgan insonning uyi 100 foiz yoki 70 foizdan ortiq qismi qurib bitkazilgan bölsa, bunaqa holatlarda jarima qöllaşga majburmiz. Quruvçi ham ma’lum mablağ yöqotadi. Pulni qaytariş masalasiga kelsak, kimdadir 1 oy, kimdadir 6 oy körsatilgan. Lekin 1 oyda 200 ga yaqin inson şartnomani bekor qilgani uçun navbat şakllandi. 200 ta insonga birdaniga pul qaytarib bera olmaymiz. Birinçidan, bu bizning rejamizda bölmagan. Ikkinçidan, şartnoma şartlarida 1 oydan 6 oygaça muddat belgilangan. Şu paytga qadar 10 mlrdga yaqin pul mablağlari qaytarib berildi. Kimdadir 1 oydan ötib ketgan bölsa, örganib çiqiş kerak. Balkim mijoz bilan şartnoma bekor bölmagan bölişi mumkin. Masalan, kimdir şartnomani onasining nomiga olgan. Hujjatdagi mijoz Rossiyada, boşqa odam kelib şartnomani bekor qilişni söraydi. Bu holatda heç qanaqasiga bekor qilib bera olmaymiz», deydi u.

Şuningdek Marat Hamdamov ruxsatnoma bilan boğliq muammolar haqida ham öz fikrini bildirdi.

«Sergeli City loyihasi kiçik obekt emas. Bu öşa paytda hajmi jihatdan Toşkentda yagona edi. Hozirda balkim unaqa bölmasligi mumkin. Mana şu obektimizda quriliş işlari bosqiçma bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ekspertiza xulosalarini olayotganingizda siz loyihani bosqiçlarga böla olasiz. Öşa bosqiçlar kesimida kadastr hujjatlari ham böladi. Aynan Sergeli Cityʼning qaysidir qismida ma’lum ruxsatnoma bölmasligi mumkin, lekin umumiy holatda kompaniya guvohnomasi, kadastr, kengaş xulosasi, ekspertiza xulosasi va barça kerakli ruxsatnomalar bor. Faqat quriliş işlari ketmayotgani uçun uni Quriliş nazorat inspeksiyasidan röyxatdan ötkazmaganmiz. Bu uçun har oy tölaş kerak. Hali qurilmayotgan bino yoki uning qismi uçun 1 yil yoki 2 yil oldin pul tölab qöyişimiz notöğri. U qismda heç kimga uy sotmaganmiz, sotişni ham reja qilmaganmiz. Sotilgan uylarning barçasida tegişli ruxsatnomalar mavjud», dedi Marat Hamdamov.

Kun.uzʼga murojaat qilgan Matyoqubovga oid işni Raqobat qömitasining Toşkent viloyat boşqarmasi örganib çiqqan. 31 iyul kuni taqdim etilgan hujjatda «Imarat Devlopment»  tomonidan xaridorga pullari töliq qaytarilişi böyiça körsatma berilgan.

PS: Körsatuv 19-25 sentabr kunlari tayyorlandi. 27 sentabr kuni kompaniyadan norozi fuqarolar tahririyatga kelib, körsatuvni e’lon qilmaslikni söradi. Bunga sabab sifatida Marat Hamdamov ular bilan uçraşgani va bekor qilingan şartnoma böyiça pul mablağlari qaytarilişini aytgani ta’kidlandi. Ma’lum bölişiça, hissadorlar tomonidan korxona obrösiga putur yetkazuvçi xolatlar yuzaga keltirilmasligi, yuzaga kelgan taqdirda esa belgilangan tartibda javobgarlik masalasi yuzaga kelişini nazarda tutuvçi  dalolatnoma ham tuzilgan.