Joriy yilning 30 sentabr kuni soat 21:15 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt, Hyundai va Jetour rusumli avtomashinalar to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.









