Taqdimotda ötgan davrda markaz tomonidan amalga oşirilgan işlar haqida axborot berildi.
Markaz joriy yilning 17 mart kuni rasman iş boşladi. 1 iyun holatiga köra, markazga yarim million nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar kelgan. Kunlik davomat soni örtaça 6 ming nafarni taşkil etmoqda.
Majmua tarkibida Bolalar muzeyi taşkil etildi, Imom Buxoriy innovatsion muzeyining faoliyati yölga qöyildi. Binoda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylaştirildi. Gid-ekskursovodlar va nazoratçilar xizmati taşkil qilindi. Ilmiy va innovatsion yönalişda 810 ta loyiha amalga oşirildi. Bu işlarda 2 mingga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar iştirok etdi.

Markazda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va kitob taqdimotlari taşkil etib kelinmoqda. Uşbu tadbirlarga bugunga qadar 5 mingdan ziyod iştirokçi jalb etildi.
Madaniy merosni qaytariş va fondlarni boyitiş yönalişida mingdan ziyod artefakt Özbekistonga qaytarildi. Markaz kutubxona fondi tarkibida 3 mingdan ortiq nodir naşr mavjud bölib, 762 tasi imkoniyati çeklangan şaxslar uçun möljallangan. Fond raqamlaştirilmoqda, elektron çiplar örnatilmoqda.
Muassasa faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar ham keng joriy etilmoqda. Mehmonlar uçun robot-gidlar xarid qilindi, multimedia va interfaol qurilmalar ekspozitsiyalarga joylaştirildi. Markaz “Dunyoning eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” sifatida “Ginnessning jahon rekordlari kitobi”ga kiritildi.
Taqdimotda markazni yanada rivojlantiriş böyiça kelgusi rejalar ham körib çiqildi.
Avvalo, ilmiy-tadqiqot va naşr işlarini yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi. Markazning ilmiy jurnalini xalqaro “Scopus” va “Web of Science” bazalariga kiritiş, ilmiy markazlarning yagona integratsiyalaşgan platformasini yaratiş, qölyozmalarning raqamli katalogini tayyorlaş rejalaştirilgan.

Diniy-ma’rifiy sohadagi magistr va doktorantlar uçun “Islom ma’rifati” stipendiyasini joriy etiş, dunyoga maşhur olim va ekspertlarning kitoblari taqdimotlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Kelgusi bosqiçda 20 ming nafar yoşlar, diniy-ma’rifiy soha vakillari, jumladan, imom-xatiblar va otinoyilarni markaz faoliyatiga jalb etiş közda tutilmoqda.


















