Saudiya Arabistoni valiahdi podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan 37 ta xorijiy davlatning 2023-2024 yillarga tayinlangan elçilarining işonç yorliqlarini qabul qildi.

Ar-Riyoz şahridagi Al-Yamama saroyida bölib ötgan marosimdan söng bölib ötgan muloqotda Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon Özbekiston prezidentiga mamlakat podşohi hamda özining tilaklari va salomlarini yölladi.

Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 20 fevralda örnatilgan.

Nodir Turğunov 2024 yil mart oyida Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçisi sifatida Ar-Riyod şahriga kelgan edi. Şuningdek, u 2024 yil noyabr oyida Özbekistonning Islom hamkorlik taşkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan ötgan. 2025 yil aprel oyida esa u bir vaqtning özida mamlakatning birinçi elçisi sifatida Bahrayn Taşqi işlar vazirligiga işonç yorliqlari nusxalarini topşirgan edi. Şuningdek, u 2 iyun kuni Iordaniyadagi elçi sifatida uşbu mamlakat podşohi Abdulloh II bin al-Husaynga işonç yorliqlarini  taqdim qildi.