2 oktyabrdan boşlab, Özbekiston aeronavigatsiyasida ikkita muhim qadam qöyildi, deb xabar berdi «Özaeronavigatsiya» markazi DUK.

Qayd qilinişiça, endi milliy havo hududining ICAO kodi özgardi va UZ qilib belgilandi. Şuningdek, respublika hududi böylab yagona ötiş balandligi (13000 fut yoki ≈4000 metr) va ötiş eşeloni (FL150) joriy etildi.

Ta’kidlanişiça, uşbu özgarişlar uçuvçilar va dispetçerlar işini yengillaştiradi, radioseanslar va qoidalar sonini kamaytiradi va havo boşqaruvini aniqroq qiladi. Bu parvozlarni nafaqat xavfsizroq, balki tejamkorroq qilişi, yoqilği sarfini va atmosferaga çiqindilarni kamaytirişi kerak, deyiladi xabarda.

UZ kodining joriy qilinişi Özbekistonning asosiy aeroportlari kodlarini ham özgartirdi: UT örniga UZ.

Masalan, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti UTTT örniga UZTT kodini oldi. Şuningdek, Toşkent-Şarqiy (UZTR), Samarqand (UZSS), Buxoro (UZSB), Termiz (UZST), Qarşi (UZSK), Navoiy (UZSA), Farğona (UZFF), Andijon (UZFA), Namangan (UZFN), Urganç (UZNU) va Nukus (UZNN) aeroportlari ham yangi kodga ega böldi.