Özbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyligiga nomzod Fabio Kannavaro murabbiylar ştabi a’zolari bilan birga Toşkentga yetib kelgani haqida xabar berdi.

Italiyalik mutaxassis bugun milliy jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida e’lon qilinişi kutilmoqda.

U milliy jamoani 2025 yil fevralidan buyon boşqarib kelayotgan Timur Kapadze örnini egallaydi va jamoani JÇ-2026 turniriga tayyorlaydi. Manbalar Kapadze ham uning ştabidan joy olişi mumkinligi haqida xabar bergan.

Şuningdek, Rossiyadagi sport naşrlarida 52 yoşli mutaxassisning maoşi murabbiylar ştabi xarajatlari bilan qöşib hisoblaganda yiliga 4 million yevro atrofida bölişi haqida xabar tarqatgandi.

Avvalroq ÖFA uşbu mutaxassis bilan bilan muzokaralar ötkazayotganini tasdiqlagan, ammo OAVda bu masalada tarqalayotgan norasmiy xabarlarga işonmaslikni çaqirgandi.

Hozirça kelişuv tafsilotlari noma’lum, ammo OAVda tarqalgan xabarlarga köra u bilan avvaliga bir yillik şartnoma tuziladi, keyinçalik kelişuv muddati uzaytirilişi mumkin.

Ma’lumot uçun, ÖFA sönggi oylar davomida milliy jamoa boşqaruviga olib keliş uçun Yoaxim Lyov, Fotih Terim, Paulu Bentu, Slaven Biliç, Fernando Santuş kabi taniqli mutaxassislar bilan ham muzokaralar ötkazgandi.