Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 5 oktyabr, yakşanba. Yurtimizda isitiş mavsumi start oldi. Qişloq mörilaridan ötinning qadrdon hidi çiqa boşladi. Elektr peç yoqadiganlar tez orada «svet» narxi yana oşganini öz tanasida his qiladi. Uyingizda gaz bölsa, omadli ekansiz, biz qişloqda gaz bilan tantanali xayrlaşganimizga 15 yil bölyapti.

Agar gaz bölsa, hisob raqamingizga pulni ğamlaşni boşlang. Bizga öxşab qişdan ötin, kömir va yana bir qadrdon «milliy yonilği» bilan çiqadigan bölsangiz, ularni ham ğamlab qöying. Hademay kömir qimmatlaydi, ötin ham anqoning uruği böladi. Va qişga tayyorlaniş asnosida bizning hafta dayjesti loyihamizni kuzatib borişni unutmang. Odatdagiday haftaning eng muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Putin Trampga javob berdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan uçraşuvda Rossiyani «qoğoz yölbars» deb atagandi. Çinliklar öylab topgan bu metafora özini kuçli körsatadigan, lekin aslida kuçsiz bölgan odamga yoki odamlar guruhiga nisbatan işlatiladi. Tramp Rossiyaga nisbatan bu iborani aynan şu ma’noda işlatdi. Kreml tezda Trampning bu gapiga javob berib, Rossiya «qoğoz yölbars» emas, «haqiqiy ayiq» ekanini bildirdi.

Ammo Putin uçun bu yetarli bölmagan körinadi, u Trampga şaxsan javob berişga qaror qildi: «Biz yillar davomida Ukraina bilan emas, NATO bilan uruşyapmiz. NATO bloki bilan uruşaturib oldinga siljiyotgan bölsak, NATO haqida nima deyiş mumkin? U suhbatdoşiga bu «qoğoz yölbars», dedi. Xöş, keyin nima böldi? Unda boring, «qoğoz yölbars»ni bir yoqlik qiling. Lekin hammasi boşqaça keçmoqda», dedi Putin.

AQŞda generallar yiğildi

Hafta davomida AQŞ uruş vaziri Pit Hegset butun dunyodagi 800 dan ortiq amerikalik general va admirallarni yiğib misli körilmagan majlis ötkazdi. Virjinyadagi dengiz piyoda qöşinlari bazasida ötkazilgan majlisda Hegset Pentagonning yagona vazifasi «harbiy harakatlar, uruş va unda ğalaba qozoniş ekanini» aytdi. Şuningdek, harbiy xizmatçilar uçun jismoniy talablar oşirilişi, tartib-intizom talablari kuçaytirilişini aytdi.

Hegset Amerika armiyasida semiz generallar bölişiga yöl qöymasligini ta’kidladi. Uning aytişiça, endi yilda ikki marta harbiylarning tanasidagi yoğ miqdori tekşirib turilarkan.

«HAMAS könmasa, yomon böladi»