Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huggies tovar belgisidan noqonuniy foydalangan korxona jazolandi
Tovar belgisining egasi Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilishi ortidan, brenddan noqonuniy foydalangan “Ahangaron Hygienic Pro” MChJga chora ko‘rildi.
Huggies savdo belgisidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, bu borada tegishli chora ko‘rildi, deya xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi “Kimberly-Clark” MChJning murojaati asosida unga tegishli Huggies savdo belgisi boshqa korxona – “Ahangaron Hygienic Pro” MChJ tomonidan noqonuniy ishlatilgani holatini o‘rganib chiqqan.
O‘rganishlar davomida shikoyat o‘z tasdig‘ini topgan va bu holat brend obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan.
“Ahangaron Hygienic Pro” MChJ moliyaviy jarimaga tortildi va qonunbuzilish holatini bartaraf etib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
13:54 / 13.02.2026