2026 yil 1 iyul holatiga Özbekistonda çet el investitsiyalari iştirokida 20502 ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb ma’lumot berdi Milliy statistika qömitasi.
Ulardan 4 611 tasi qöşma va 15 891 tasi xorijiy korxonalardir.
Qayd etilişiça, oxirgi beş yilda xorijiy investitsiyalar iştirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga oşgan.
Xorijiy kapital iştirokidagi eng köp korxonalar Xitoy investorlari iştirokida röyxatga olingan - 6060 ta.
Keyingi örinlarda Rossiya (3454 ta) va Turkiya (2293 ta) joylaşgan.
Yuqori öntalikdan şuningdek, Qozoğiston (1307 ta), Janubiy Koreya (725 ta), Afğoniston (685 ta), Ozarboyjon (473 ta), Tojikiston (455 ta), BAA (440 ta) va Hindiston (426 ta) joy olgan.

















