Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trabzon va Toshkent o‘rtasida doimiy aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Mamlakat elchixonasi diplomatlari Turkiyaning Trabzon viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Tamer Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Wikipedia
Muloqot davomida O‘zbekiston hududlari va Trabzon viloyati o‘rtasida sayyohlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, turistlar almashinuvini oshirish, madaniy dasturlar va xalqaro anjumanlarni tashkil etish, Trabzon va Toshkent shaharlari o‘rtasida doimiy aviareyslarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tamer Erdog‘anning aytishicha, 2025 yil o‘tgan davrida O‘zbekistondan 10 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar sayyohlik maqsadida Trabzonga kelgan. U, shuningdek, Trabzondan O‘zbekistonga sayohat qilishga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortayotganini bildirdi.
Bu boradagi hamkorlikni jadallashtirish maqsadida Trabzon viloyati va O‘zbekiston turkompaniyalari o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Turkiyaning ushbu hududida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarni ko‘proq o‘tkazish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari Trabzon shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi hamda o‘zbek san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturini yuqori darajada tashkil etish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida 27-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Trabzon viloyati maxsus pavilon bilan ishtirok etishi yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
11:44 / 07.07.2025
Rossiya aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi yoki kechiktirildi
11:06 / 05.07.2025