Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarga çek qöyiş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Toşkent viloyatining Bekobod şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Guliston tuman bölimi boşliği hamda Bekobod şahar bölimi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Ma’lum bölişiça, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvçi 4 ta MÇJning norasmiy rahbari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qözğatilib, hozirda jinoyat işlari böyiça Zangiota tuman sudida körilayotgan jinoyat işini ularning foydasiga ijobiy hal qilişni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boşqarmasi tomonidan 2 ta MÇJda ötkazilgan kameral soliq tekşiruvlarini noqonuniy deb topib berişni va’da qilişgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, IJQKD xodimlari jinoyat işi doirasida soliq tekşiruvi ötkaziş orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytiriş evaziga MÇJ norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQŞ dollari ham olgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.