Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Kuvaytga qarşi keçgan va 2:0 hisobidagi işonçli ğalaba bilan yakunlangan örtoqlik uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanida iştirok etdi.
«Keça aytganimdek, heç bir öyin oson bölmaydi. Har bir raqibni jiddiy qabul qiliş kerak. Uçraşuvni yaxşi boşladik. Maşğulotlarda işlagan ğoyalarimiz iş berdi. Futbolçilar meni eşitayotganidan mamnunman. Biroq hali işlaşimiz kerak bölgan jihatlar köp. Ğalaba bilan boşlaşimiz muhim edi. Endi menda futbolçilar haqida köproq ma’lumot bor.
Negativlar doimo böladigan holat. Şu vaqtga qadar tanqidlar bölmaganmi? Albatta, bölgan. Lekin ularga e’tibor qaratmayman. Doimo öz işim haqida öylayman. Muvaffaqiyatsizlikka uçrayotgan odamni ham hurmat qiliş kerak.
Men futbolçilarga biroz agressiv bölişlarini aytdim. Töpsiz öynaş ustida işlaşimiz kerak. Raqib pressing qilmagan taqdirda ham bunga tayyor böliş kerak. Birinçi gol maşğulotlar mevasi», – deya uning sözlarini keltiradi ÖFA matbuot xizmati.
Murabbiy öyinning ikkinçi bölimida Otabek Şukurov 11 metrdan muvaffaqiyatli zarba bera olmaganiga ham töxtalgan. Bu özbekistonlik futbolçilar qatorasiga ikkinçi öyinda penaltidan foydalana olmasligi bölmoqda. Bundan oldin Eldor Şomurodov CAFA Nations Cup finalida Eron darvozasiga belgilangan penaltini ura olmagandi.
«Penaltini futbolçilar amalga oşiradi, biroq avval uni his qiliş kerak. Buning ustida işlaşda davom etamiz. Futbolda hamma narsani maşğulotlar orqali rivojlantiriş mumkin. Fayzullayevning holati yaxşi; bu borada şifokorlar bilan gaplaşdik.
Öz ustimizda işlaşda davom etişimiz kerak. Ğalaba qozonayotgan vaqtda köproq nazoratga urğu beriş zarur. Hisob 2:0 bölib turgan vaqtda oddiy holda töpni yöqotdik; raqibga imkon bermaslik eng muhimi. Biroq futbolçilar men ulardan söraganimni bajara olişdi.
Töp nazorati ustida işlaşimiz zarur. Maydonda 90 daqiqa davomida faqat yuguriş imkonsiz. Şu sabab, futbolçilardan bir-birini yaxşiroq tuşuniş talab etiladi.
Bizning futbol köp narsani öz içiga oladi. Umid qilamanki, futbolçilar bilan köproq gaplaşamiz. Garçi doimo birga bölmasak-da, ularga işonç berib, videolar orqali işlaşga harakat qilamiz», – degan murabbiy.
Özbekiston milliy jamoasi yiğin doirasida navbatdagi örtoqlik uçraşuvini 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay milliy jamoasiga qarşi ötkazadi.











