O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiya elchisi Takashi Hatorini qabul qildi.

"Mamlakatimizda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Hatori janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib, savdo, investitsiya, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdik. Janob elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Takashi Hatori 2023 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yaponiyaning mamlakatdagi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.