13 oktyabr kuni Yevropaning 16 ta terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida oktyabrdagi ikkinchi o‘yinlarini o‘tkazishdi, endi ular faqat noyabrda maydonga chiqadi. Hozircha ulardan hech biri yo‘llanmani kafolatlamadi, ammo ayrim jamoalar bunga maksimal darajada yaqinlashdi.

G guruhi

Depayda yangi rekord

Niderlandiya – Finlandiya 4:0
Gollar: Malen, 8 (1:0). van Deyk, 17 (2:0). Depay, 38 – penalti (3:0). Gakpo, 84 (4:0)
Niderlandiya: Verbryuggen, Timber (van Hekke, 62), van Deyk, van de Ven (Ake, 71), Dyumfris, Gravenberh (Reynders, 46), de Yong, Klyuyvert, Gakpo, Malen (Simons, 79), Depay (Veghorst, 62)
Finlandiya: Yoronen, Stol, Tenxo, Koski, Lyaxteyenmyaki, Alxo (Peltola, 60), Vyayanyanen (Lod, 60), Kayrinen, Keskinen (Kelman, 69), Antman (Pohyanpalo, 69), Valta (Skittya, 80)
Ogohlantirishlar: Koski, 86. Peltola, 89

Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar endi assistlar bo‘yicha ham Uesli Snayderni (33) ortda qoldirib, eng yaxshiga (35) aylanib oldi. Amsterdamdagi o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonda bo‘lgan Memfis Depay avvaliga Doniell Malen va Virjiyl van Deykni golli uzatmalar bilan ta’minladi, bo‘lim oxirida esa penaltini aniq ijro etib, terma jamoadagi gollari sonini yanada oshirib oldi (54).

O‘yin oxirlarida esa Kodi Gakpo finnlarni yana bir bor ranjitdi. Niderlandlar jahon chempionati yo‘llanmasiga yanada yaqinlashdi. Ronald Kuman shogirdlari 6 o‘yinda 16 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda (to‘plar nisbati 22:3). Oldinda Polshaga qarshi muhim safar o‘yini kutmoqda.

Litva – Polsha 0:2
Gollar: Shimanski, 15 (0:1). Levandovski, 64 (0:2)
Litva: Shvedkauskas, Girdvaynis (Petkevichyus, 85), Armalas, Tutishkinas, Shirvis, Sirgedas (Vorobev, 66), Gineytis, Lasitskas, Golubikas (Kalinauskas, 66), Chernix (Yankauskas, 73), Slivka (Paulauskas, 85)
Polsha: Skorupski, Bednarek, Kiver, Visnevski (Tsiolkovski, 83), Zelinski, Skuras, Shimanski (Sviderski, 82), Slish (Kapustka, 90), Kesh (Vsholek, 90), Levandovski, Kaminski (Grositski, 90+4)