Qayd etilişiça, bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz.
“Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlaş stansiyalarida texnik-profilaktika işlari amalga oşirilgan. Ta’mirlaş işlari olib borilgan vaqtda gaz bosimi pasaygani sababli ayrim metan zapravkalar faoliyatida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilgan”, deyiladi “Hududgazta’minot” AJ xabarida.
Ta’kidlanişiça, hozirda respublika böyiça metan “zapravka”lar belgilangan tartibda faoliyat yuritmoqda. Tabiiy gaz ularga gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan şartnomalar asosida yetkazib berilmoqda.
“Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda yolğon yoki tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatiş orqali aholi orasida sarosima va şubha uyğotiş holatlari qonun bilan taqiqlangani hamda bunday xatti-harakatlar uçun javobgarlik belgilangani eslatib ötiladi”, deyiladi xabarga qöşimça ravişda.









