Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov boşçiligidagi delegatsiyaning Polşaga safari taşkil etildi.
Delegatsiya a’zolari safar davomida Varşava universiteti prorektori Sambor Gruça bilan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida Özbekiston Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi va Varşava universitetining Arxeologiya fakulteti örtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, xususan zamonaviy ilmiy metodlarni joriy etiş, tajriba almaşiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida Varşava universiteti bilan hamkorlikda Arxeologik tahlillar böyiça interdissiplinar laboratoriyasini taşkil etiş böyiça şartnoma imzolandi.
Şartnomaga köra, Özbekiston olimlari yangi laboratoriya uçun tayyorlab berilgan maxsus xonalardan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Laboratoriyaning jihozlanişi va zarur uskunalar bilan ta’minlanişi loyiha budjeti doirasida ajratilgan grant mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.












