Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan samolyoti Misrning Şarm aş-Şayx şahriga parvozi çoğida sammitda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham iştirok etişi mumkinligidan xabar topdi. Şundan söng, samolyotga qönmaslikni buyurdi. Bu haqda Turkiyaning Milliyet va TGRT naşrlari xabar berdi.

Erdöğan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va AQŞ prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni muhokama qiliş uçun Turkish Airlines samolyotida Misrga uçib borayotgan edi.

Israel Hayom naşrining yozişiça, Erdöğan parvoz vaqtida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga qönğiroq qilib, «agar Netanyahu ham kelsa, qönmasligini» aytgan. Şuningdek, Turkiya rasmiylari Qöşma Ştatlar bilan boğlanib, «bu haqda oldindan kelişilmagani uçun e’tiroz bildirgan».

Iroqning INA agentligi xabariga köra, Isroil boş vazirining iştirokini AQŞ prezidenti Donald Tramp taşkillaştirişga uringan, biroq uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan. Qayd qilinişiça, Iroq boş vaziri Muhammad Şia as-Sudaniy ham agar Netanyahu sammtga borsa, tadbirda qatnaşişdan boş tortişi haqida ogohlantirgan.

Ta’kidlanişiça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞ va Isroil rasmiylari bilan maslahatlaşgandan söng, safardan voz keçgan.

Erdöğanning samolyoti Netanyahuning bormasligi tasdiqlangunga qadar havoda bölgan, şundan söng manzilga qöngan.

13 oktyabr kuni ertalab Netanyahu Tramp bilan Isroilda uçraşdi. Keyinroq Misr tomoni Isroil boş vazirining ehtimoliy iştiroki haqida xabar berdi, deb yozdi Reuters. Biroq Netanyahuning idorasi taklif haqiqatan ham kelganini, biroq boş vazir yahudiy bayramlari boşlangani sababli bormasligini ma’lum qildi. Sammitda HAMAS vakillari ham bölmaydi.