2025 yilning dastlabki 8 oyida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari chet elga safar qildi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:
- Qirg‘iziston — 2,3 mln nafar (2024 yilning mos davrida – 1,9 mln nafar);
- Qozog‘iston — 956 ming nafar (640,2 ming nafar);
- Tojikiston — 887,9 ming nafar (797,6 ming nafar);
- Rossiya — 312,7 ming nafar (194,7 ming nafar);
- Turkiya — 181,7 ming nafar (157,7 ming nafar);
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar (111,9 ming nafar);
- BAA — 94,2 ming nafar (81,4 ming nafar);
- Misr — 45,4 ming nafar (27,7 ming nafar);
- Vetnam — 28,5 ming nafar;
- Xitoy — 27,6 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.











