Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro boşçiligida Özbekiston milliy jamoasi ikkita uçraşuv ötkazdi. Bitta kuçsizroq, bitta kuçli jamoaga qarşi öyinlardan keyin ba’zi xulosalar qiliş mumkin. Quyida Kannavaro murabbiyligidagi milliy jamoa qanday öyin körsatgani, qaysi jihatlarga e’tibor qaratiş zarurligi haqida.

Kannavaroning debyuti Kuvaytga qarşi öyinga töğri keldi. Italiyalik murabbiy bilan kelişuv öyin arafasida imzolangani sabab bu öyinlarga jamoani Temur Kapadze boşlab tuşişi, Kannavaro şunçaki tomoşabin sifatida kuzatişi ham mumkin edi. Lekin Fabio tezda işga kirişişni istab, Kapadze bilan tandemda jamoani boşlab tuşdi.

Kuvayt bilan öyinda Özbekiston jiddiy muammoga duç kelmasligi aniq edi, hozir jamoalar örtasidagi farq katta. Milliy jamoa kutilganidek, oson ğalabaga erişdi. Lekin e’tibor qilgan bölsangiz, barça futbolçilar örtoqlik öyinlariga xos bölmagan özgaça iştiyoq bilan harakat qilişdi. Bu tabiiy, futbolçilar yangi murabbiyga özini körsatişni istaydi. Ayniqsa Hojimat Erkinov juda faol öynadi. Kannavaro milliy jamoaning asosiy kuçi şu yigit bölsa kerak deb öylagandir ham.

Şomurodovning hisobni oçuvçi goli, Kannavaroning aytişiça, maşğulotlarda öylangan kombinatsiya ekan. Kombinatsiya ham emas aslida, markaziy himoyaçi Hamraliyev töpni töğri hujum çiziğiga yetkazib berdi, Şomurodov yakkama-yakka vaziyatdan aniq foydalandi. Demak Kannavaro maşğulotda nimalarnidir özgartirişni boşlagan körinadi.

Ilk sinov

Yiğin doirasidagi ikkinçi öyin Urugvayga qarşi ötkazildi. Agar ikkinçi öyin ham Kuvayt kabi Osiyoning örtamiyona jamoasiga qarşi keçsa, Kannavaroning murabbiyligi haqida heç narsa aytolmasdik. Çunki murabbiyning darajasi jiddiy öyinlarda bilinadi. Töğri, Urugvay asosiy tarkibi bilan öynamadi, bu şunçaki örtoqlik öyini edi, lekin şunday bölsa-da, Kannavaro özini körsatişi uçun juda yaxşi raqib.

Urugvay bilan uçraşuvda italiyalik murabbiy Özbekistonni butkul boşqa jamoaga aylantirib qöygani yöq, albatta. Biroq Janubiy Amerikaning top jamoasiga qarşi öyinda milliy jamoa soçilib ketgani ham yöq. Öyin davomida Urugvayga bosim qilişdi, ikkinçi bölim oxirida ustunlik ham biz tomonda böldi. Xullas, tartibli öyin körsata olişimizni isbotladik. Özi Katanets kelganidan keyin Özbekiston ança sovuqqon, intizomli öyin körsatadigan böldi. Ha, Kannavaro hali özgaça nimadir qila olgani yöq, lekin jamoa zarariga işlaydigan qarorlar ham qabul qilmagan körinadi.

Kannavaro Yaponiya, Koreya yoki Eronga qarşi rasmiy öyin ötkazganida uning imkoniyatlarini tezroq bilib olardik. Menimça, endi uning qanday murabbiy ekanini şu bilan jahon çempionatida bilamiz, çunki örtoqlik öyinlari bunday imkoniyat bermaydi.