Joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 17:05 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Lacetti, Hongqi rusumli avtomashinalar va King Long rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.