Taqdimotda ta’kidlanganidek, endi aerokosmik tahlillar yordamida iqtisodiyotga turtki beradigan yangi imkoniyatlarni aniqlaş lozim.

Qayd qilinişiça, yil boşidan kosmik monitoring yordamida 2 mingdan ziyod kondan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan. Boş prokuratura oldiga iqtisodiy jinoyatlarning oldini oliş va ularni öz vaqtida foş etişda yer, işlab çiqariş obektlari va konlarni sun’iy yöldoş orqali tahlil qiliş ma’lumotlaridan samarali foydalaniş vazifasi qöyildi.

Yil boşidan 33 mingdan ziyod özboşimça quriliş aniqlangan bölsa, ularning köpi qişloq xöjaligi yerlarida joylaşgan. Şu munosabat bilan qisqa muddatda tegişli axborot platformalarini integratsiya qilib, noqonuniy quriliş holatlarini tezkor örganiş va bartaraf etiş imkonini beradigan tizim yaratiş topşirildi.

Taqdimotda kosmik monitoring asosida joylarda böş turgan yerlarni aniqlaş va iqtisodiy aktivga aylantirişga alohida e’tibor qaratildi. Oltita hududida olib borilgan örganişlar natijasida 300 gektarga yaqin böş yerlar aniqlandi. Birgina Toşkent şahrida 95 gektar böş yer uçastkasi topilib, auksionga çiqarilgan. Prezident bu yil yana 8 ta hududda, kelgusi yilda barça tuman markazlarida örganişlarni oxiriga yetkaziş vazifasini qöydi.

Sohada xalqaro tajriba va ilğor yeçimlarni faol joriy qiliş zarurligi qayd etildi. Mutasaddilar bu borada işlab çiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berdi.

Jumladan, kosmik ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, daraxtlar kesilişi, metan gaz sizib çiqişi, quyoş panellarining samaradorligi, yöl qoplamasi holati, temir yöl va elektr tarmoqlaridagi nosozliklar va ortiqça yuklamalarni aniqlaş işlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, taqdimotda kosmik sohada ta’lim ekotizimini yaratiş, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantiriş, yöldoşli aloqa texnologiyalarini joriy etiş orqali olis hududlarida aloqa qamrovini oşiriş böyiça takliflar körib çiqildi. 2028 yilda Samarqandda ötkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga puxta tayyorgarlik köriş yuzasidan topşiriq berildi.