Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarosi ushbu ajal og‘usini Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026