15 oktyabr kuni jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudida Furqat tumani IIBning sobiq amaldorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida navbatdagi sud majlisi bölib ötdi.
Sud majlisida sobiq IIB rahbari va örinbosarining advokatlari Kun.uz muxbirining sud jarayonlaridagi iştirokini çeklaşni söradi. Işni körib çiqayotgan sud raisi Avazbek Rahimov bu iltimosnomani rad qildi.
Şundan söng Gulira’no Qosimovaning körsatuvlari tinglandi. Advokatlar holat yuzasidan jabrlanuvçiga savollar bilan murojaat qildi.
Sud majlisida Gulira’no Qosimovaning advokati holat, ya’ni tezkor tadbir aks etgan video bilan taniştirişni söradi. Sörovga asosan sudga taqdim etilgan videolavha protsecs iştirokçilari tomonidan körib çiqildi.
Videolavha bilan tanişgan Gulira’no Qosimova undan özi kaltaklangani aks etgan asosiy kadrlar qirqib taşlanganiga e’tiroz bildirdi.
Jabrlanuvçining sözlariga köra, ekspertiza xulosalari ham soxtalaştirilgan:
“Ekspertiza xulosalari soxta ekanligini sudlanuvçilar taqdim etgan videoda ham köriş mumkin. Sababi ekspertiza xulosasida jarohat eski, voqea kunigaça olingan deb berilgan bölsa-da, videoda badanimda tan jarohatlari yöq ekanligi körinib turibdi. Meni videoga olgan Sohib Nazarov, Tohir Başirov, Yusuf Yoqubovlar ham şu kunga qadar biz bu ayolni videoga olmaganmiz, deb javobgarlikdan qutulib qolişayotgan edi. Videodan mening kaltaklanganim aks etgan joylar kesib taşlangan”, dedi Gulira’no Qosimova.
Şuningdek, sud majlisida tuman soliq inspeksiyasi rahbari Qurbonali Abdurahmonovning ham körsatuvlari tinglandi.
“Mening uyimga bostirib kirişganida dastlab uyimga narkotik qöyib, G.Qosimovadan guvoh sifatida foydalanadi deb öyladim. Sababi men IIB sobiq boşliği A.Xöjayev bilan ikki marotaba, biri paxta terimi vaqti fermer ketidan tortişganman, ikkinçisi militsiya xodimlari kuniga 20 ta televizor olib berasan degan topşiriğini rad etganimda tortişdim. Öşa vaqt menga IIBga qarşi çiqiş qanday bölişini körsatib qöyaman degan edi. Ammo ikki yarim yil birga işlab bir dasturxonda ovqatlanib, ota-onamni taniştirib uyimda mehmon qilgan insonimdan bu daraja pastkaşlikni kutmagan edim.
Men qaçonki G.Qosimova ikkimizni xodimlar urib yotoqxonaga olib kirib göyoki «uşlab olgan»dek videoga olişganda tuzoqni tuşunib yetdim. Pastki qavatga meni olib tuşib ketişdi, yuqorida esa G.Qosimova bilan Sohib, Tohir, Yusuf va bir neçta xodim qolgan edi. G.Qosimovaning urma degan qiçqiriqlari eşitilar edi. Meni esa yuqoriga çiqarmay uşlab turişdi. Bir neça daqiqadan söng G.Qosimovani olib çiqib, bizni IIB binosiga olib kelişdi. U yerda G.Qosimova «aka, nimaga unday deyişayotganini tuşunmadim, lekin xodimlar mendan sizni zörladi deb körsatma berişimni talab qilyapti», dedi. Şu yerda bildimki, meni nomusga tegişda ayblamoqçi bölişgan












