Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Misr va Ğazo sektori örtasidagi «Rafah» nazorat-ötkaziş punktini «keyingi ogohlantirişgaça» oçmaslikni buyurdi. Uning idorasida aytilişiça, nazorat-ötkaziş punkti «HAMAS halok bölgan garovga olinganlarni qaytariş va kelişilgan rejani amalga oşiriş böyiça öz işi bir qismini qanday bajarişiga qarab» oçiladi. Ayni paytda Ğazoda halok bölgan isroillik garovga olinganlarning 18 jasadi qolmoqda.

Avvalroq Falastinning Misrdagi elçixonasi ötiş joyi 20 oktyabr kuni oçilişini ma’lum qilgandi. Bu Misrda yaşovçi falastinliklarga Ğazo sektoriga qaytiş imkonini beradi. Çegara asosan 2024 yil may oyidan beri yopiqligiça qolmoqda.

«Rafah» nazorat-ötkaziş punktining oçilişi va tirik va ölik garovga olinganlarning qaytarilişi Ğazo sektorida tinçlikka erişiş böyiça «Tramp rejasi»ning bir qismi bölib, Isroil ham, HAMAS ham bunga rozi bölgan.

HAMAS Ğazoda qolgan isroilliklarning jasadini 13 oktyabr kuni - sönggi tirik garovga olinganlar qöyib yuborilganidan keyin qaytarişni boşladi. Ma’lumotlarga köra, bugungi kunda Ğazoda 18 kişining jasadi saqlanmoqda: 15 nafar isroillik, ikki nafar Tailand fuqarosi va Tanzaniya fuqarosi. Avvalroq HAMAS jasadlarning bir qismi vayronalar ostida qolganini va ularni qidiriş uçun qöşimça vaqt va maxsus texnik vositalar kerakligini aytgandi.