Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev korrupsiyaga qarşi kuraşiş va davlat organlari oçiqligini kuçaytiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda mutasaddilarni korrupsiyaga qarşi şaxsiy namuna körsatib kuraşişga çaqirdi.

15 oktyabr kuni tadbirda tuman va şahar hokimlari, huquq-tartibot idoralari, ta’lim tizimi, soğliqni saqlaş va boşqa idoralar vakillari iştirok etgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan videoda Adiz Boboyev korrupsiyani «aholining davlat hokimiyatiga bölgan işonçiga putur yetkazuvçi illat» deb atagan va unga qarşi kuraşni rahbarlarning özidan boşlaş kerakligini ta’kidlagan.

«Qaçon töxtatamiz bu korrupsiyani? Oyliklar oşgan bölsa, bajarayotgan işi uçun daromadi yomon bölmasa... rahbarlar şu işni qilayotgan bölsa, qolganlar falonçi, boşliğim oldi-ku, men nima uçun olmasligim kerak deydi. Keyin uyam qöşiladi. Keyin keyin uçinçisi qöşiladi, keyin törtinçisi qöşiladi. Böldi şu bilan

keyin hamma viloyatdan boşlab, to tuman va mahallagaça, hammasi pastga tuşgunça töliq ketaveradi. Çunki tepada boşlandimi, pastga qarab davom etadi. Hamma narsa sizlarga boğliq», – degan u.

Viloyat rahbari har bir rahbar şaxsiy namuna körsatişi lozimligini qayd etgan.

«Agar siz töğri işlasangiz, pastdagilar ham sizlarga qarab, aytadi: „Iye şoşma, tepadagilar töğri işlayapti-ku, men ham töğri işlaşim kerak“. Şunda ular ham töğri işlaydi va ulardan pastdagilar ham töğri işlaydi. Bölmasa buning oxiri yöq. Xalq körib turibdi. Nima deb öylaysizlar, xalq bilmaydimi? Xalq hammasini bilib ötiribdi, hammasini körib ötiribdi. Kim qanday qilib uy qilgan, kim qanday maşina qilgan, bilmaydi deb öylaysizlarmi? Hamma biladi. Hamma özi uçun xulosa qilib olsin, birinçidan, öziga xulosa qilib olsin, ikkinçidan, boşqalarga ham örnak bölsin», – deya qöşimça qilgan Adiz Boboyev.

Yiğiliş yakunida profilaktik işlarni yanada kuçaytiriş, mehnat jamoalari va mahallalarda tarğibot işlarini olib boriş, halol mehnat qiliş könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan amaliy çoralar körilişi yuzasidan körsatmalar berildi, deya ta’kidlagan hokimlik matbuot xizmati.