Prezident Şavkat Mirziyoyev 20 oktyabr kuni Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orqali xalqning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyiş etişga qaratilgan işlar bilan tanişdi.
Inşootning markaziy qismida Qur’oni Karim zali joylaşgan. Bu yerda musulmon olamining noyob ma’naviy durdonasi sanalgan qadimiy Usmon Muşafi namoyiş etiladi. Şuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, temuriylar va boşqa sulolalar davriga oid muqaddas kitob nusxalari, ularning eski özbek tilidagi tarjimalari, şu bilan birga, jahondagi eng nodir qölyozma Qur’onlardan namunalar ham joy oladi.


Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans”, “Ikkinçi Renessans”, “Özbekiston XX asrda” hamda “Yangi Özbekiston – yangi Renessans” bölimlari taşkil etilgan. Bu yerda buyuk allomalarimiz faoliyati haqida ma’lumotlar, şuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqşband va boşqa ulamolar merosi ham keng yoritilgan.
Şuningdek, tarixda ilmu ma’rifat va ma’naviyat homiysi bölgan Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy va Anbar Otin faoliyati alohida ekspozitsiya sifatida namoyiş etilgan.

Davlat rahbari doimo markazning ilmiy-ma’rifiy yönalişini samarali taşkil etiş, uning mazmun-mohiyatini boyitib boriş zarurligini alohida ta’kidladi. Bu borada Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida axborot berildi.
Taşrif çoğida prezident zallarda amalga oşirilayotgan pardozlaş va jihozlaş işlarini közdan keçirdi, bölimlar va körgazmalarning mazmun-mohiyati, qöllanilayotgan interfaol texnologiyalar bilan yaqindan tanişdi.

Davlat rahbari eksponatlarni mahalliy va xorijiy taşrif buyuruvçilarga har tomonlama qiziqarli hamda tuşunarli qilib taqdim etiş muhimligini ta’kidladi. Şu maqsadda markazda faoliyat yuritadigan mutaxassis va gidlarning sonini köpaytiriş, ularni maxsus dasturlar asosida tayyorlaş zarurligiga e’tibor qaratildi.













