Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport hajmi 26,7 mlrd dollar (+33,3 foiz), import esa 33,1 mlrd dollar (+15,6 foiz)ni tashkil qildi. Shu tariqa, tashqi savdoda O‘zbekistonning ulushi sezilarli darajada o‘smoqda.
O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari soni 206 taga yetdi. Eng katta ulush Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,7 foiz), Qozog‘iston (5,8 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ekspertlar ta’kidlashicha, tashqi savdo o‘sishi mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.











