AQŞ Kongressi a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Hyuizenga prezident Donald Trampga diplomatik forum taşkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan Vaşingtonda C5+1 yetakçilari sammitini ötkazişga çaqiruvçi maktub yölladi. Bu haqda kongressvumen Kamlager-Dav rasmiy sayti xabar berdi.
2015 yilda taşkil etilgan C5+1 forumi Qöşma Ştatlarning Markaziy Osiyo beşta davlati - Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston bilan hamkorlik qiliş uçun köp tomonlama platformadir.
Maktubda kongressmenlar forum yubileyi Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlaş va mintaqadagi AQŞ strategik manfaatlarini - xavfsizlik, iqtisodiyot, «yumşoq kuç» va boşqaruv sohalarida ilgari suriş uçun noyob imkoniyat ekanini ta’kidlagan.
«Prezidentning C5+1 sammitidagi şaxsiy iştiroki forumning 10 yilligini muhim diplomatik lahzaga aylantirişi va AQŞ-Markaziy Osiyo munosabatlarining keyingi ön yillikdagi yönalişini belgilab berişi mumkin», deyiladi kongressmenlar maktubida.
Şuningdek, qonun çiqaruvçilar ma’muriyatni sammitning aniq natijalari va Markaziy Osiyo bilan uzoq yillik hamkorlik yönalişlarini mustahkamlaydigan kelişuvlarni tayyorlaşga çaqirdi.
«Markaziy Osiyo - AQŞ» (C5+1) formati AQŞ va Markaziy Osiyoning beşta davlati örtasidagi muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar uçun platformadir. U 2015 yil noyabr oyida Samarqandda bölib ötgan taşqi işlar vazirlarining birinçi uçraşuvidan söng taşkil etilgan va 2023 yil sentabr oyida bölib ötgan prezidentlar uçraşuviga qadar taşqi işlar vazirlari darajasida ötkazilgan.
Uşbu taşabbus doirasidagi muhokamalarning asosiy yönalişlari xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ TIV rahbarlarining 5+1 şaklidagi sönggi uçraşuvi 28 fevral kuni Ostonada bölib ötgan edi. Şunda tomonlar mintaqa mamlakatlari örtasida ham, AQŞ bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.












