Rossiya 22 oktyabrga ötar keçasi Ukrainaga raketalar va zarbdor dronlar bilan hujum uyuştirdi.

Andrii Khodkov / Apostrophe / Global Images Ukraine / Getty Images
Kiyevda hujum oqibatida ikki kişi halok bölgan. Ulardan birining ölimi – Dniprovsk rayonida, yonğin içida qolgan köp qavatli uyda qayd etilgan. Sönggi ma’lumotlarga, 19 kişi jarohatlangan, şundan beş nafari bolalar. Jabrlanuvçilardan töqqiz nafari şifoxonaga yotqizilgan – bular beş nafar katta yoşli kişilar hamda tört nafar bolalar, deya aniqlik kiritdi poytaxt meri Vitaliy Kliçko. Kiyevning boşqa rayonlarida – Peçersk, Desnyansk, Darnitskiy va Solomenskda ham binolar şikastlanişi qayd etilgan.

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastining Brovari rayonida kamida tört kişi halok böldi, deb xabar qildi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Mikola Kalaşnik. Uning sözlariga köra, qurbonlarning uç nafari Pogrebi qişloğidan – bular 38 yoşli ayol, 12 yoşli qiz va olti oylik çaqaloq. Halok bölganlardan törtinçisi – 38 yoşli erkak.

Ukrainian Emergency Service

Ukrainian Emergency Service
Zaporijjya oblastida kamida 13 kişi jarohatlangan, şundan ikki nafari bolalar, deb xabar bergan oblast harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov. 15 ta köp qavatli uylar, xususiy uylar va noturar joylar şikastlangan.

Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda Rossiya qöşinlari Xolodnigor rayonidagi xususiy bolalar boğçasiga dronlar bilan zarba berdi, deb xabar qildi şahar meri Igor Terexov. Uning sözlariga köra, bir kişi halok bölgan, yana beş kişi jarohatlangan. Yaradorlar orasida bolalar ham bor. Bolalar boğçasi binosida yonğin çiqqan.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Ukranian Presidency / Anadolu / Getty Images
Odessa oblastining Izmail şahrida Rossiya zarbdor dronlari hujumi oqibatida energetika va port infratuzilmasi zararlangan, yonğinlar kelib çiqqan, deb xabar beradi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Uning sözlariga köra, jabrlanganlar yöq.

Ukrainian Emergency Service

Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning telegram-kanali
Hujumlar natijasida elektrni avariyaviy öçirişlar boşlandi. DTeK energetika kompaniyasi Kiyev şahrida, şuningdek, Kiyev va Dnipropetrovsk oblastlarida öçirişlar joriy etilganini ma’lum qildi. Energetika vazirligi aniqlik kiritişiça, energetika infratuzilmasiga yoppasiga raketa va dronlar hujumi mamlakatning aksariyat hududlarida favqulodda uzilişlarga olib kelgan. «Ukrenergo»ning qöşimça qilişiça, eng oğir vaziyat Sumi va Çernihiv oblastlarida kuzatilmoqda. «Ukrzalіznitsya»ning xabar berişiça, zarbalar natijasida infratuzilmaga zarar yetgan va temiryölda elektr ta’minoti uzilgan joylar bor. Ba’zi poyezdlar keçikiş va özgargan yönalişlar bilan ketmoqda.
Volodimir Zelenskiy Ukraina böylab zarbalarga izoh berarkan, jabrlangan hududlarni sanab ötdi – Kiyev, Odessa, Çernihiv, Dnipropetrovsk, Kirovograd, Poltava, Vinnitsa, Zaporijjya, Çerkass va Sumi.
«Rossiya uruşni çöziş uçun yetarliça bosim his qilmayotganini isbotlovçi yana bir keça», – deb yozgan Zelenskiy. Uning qöşimça qilişiça, «Rossiya rahbariyati „tanqidiy muammolar“ni boşdan keçirmagunça, Rossiya diplomatiyasi haqidagi sözlar heç narsani anglatmaydi». «Buni esa faqat sanksiyalar, faqat uzoqni közlaş va barça hamkorlarimizning muvofiqlaştirilgan diplomatiyasi bilan ta’minlaş mumkin», – dedi Ukraina prezidenti.












