AQŞ prezidenti Donald Tramp va RF prezidenti Vladimir Putin örtasida Vengriya poytaxti Budapeştda bölib ötişi rejalaştirilgan sammitga tayyorgarlik köriş töxtatilgan. Bu haqda NBC News jurnalisti Garret Haake Oq uydagi manbasiga tayanib.
Manbaning sözlariga köra, AQŞ prezidenti ikki tomon ham «muzokaralarga hali tayyor emas» deb hisoblamoqda.
«Marko Rubio va Sergey Lavrov örtasidagi telefon muloqoti „sermahsul“ böldi, ammo AQŞ prezidenti har ikki tomon ham muzokaralarga yetarliça tayyor emas deb hisoblaydi», – deb yozdi Haake X ijtimoiy tarmoğida.
Köp ötmay Reuters ham Oq uy vakiliga asoslanib, AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqin vaqtlar içida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişni rejalaştirmayotgani haqida xabar berdi.
Bu vaqtda CNN ham öz manbalariga tayanib, Tramp va Putinning Budapeştda ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvi Rossiyaning maksimalistik pozitsiyasi tufayli qoldirilişi mumkinligi haqida yozgan.
Tramp ötgan haftada Putin bilan telefon orqali muloqotdan söng darhol «keyingi haftada» AQŞ va Rossiya yuqori martabali delegatsiyalarining asosiy uçraşuvga tayyorgarlik doirasidagi uçraşuvi bölib ötişini, unga AQŞ delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qilişini aytgandi.
Endi esa, Oq uyning anonim vakili CNN’ga ma’lum qilişiça, bu tayyorgarlik uçraşuvi qoldirilgan. Telekanal manbalaridan birining sözlariga köra, buning sababi quyidagiça: Marko Rubio va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovda uruş qanday tugaşi kerakligi böyiça «kutilmalar turliça».
19 oktyabr kuni Lavrov va Rubio telefon orqali suhbatlaşdi. Rasmiy bayonotda tomonlar suhbatni konstruktiv deb atadi, biroq CNN manbasining aytişiça, aslida Amerika tomoni Rossiya hali ham haddan taşqari maksimalistik pozitsiyaga ega deb hisoblaydi. Rubio Trampga Putin bilan keyingi haftadayoq uçraşişni tavsiya etişi «ehtimoldan yiroq», deb yozgan CNN.
Rossiya tomoni ham Lavrov va Rubio örtasidagi uçraşuv rejalaştirilmaganini ma’lum qildi. «Keça Ğarbdagi ba’zi manbalar yozgan narsalarni biz tasdiqlamaymiz. Bunday kontakt muddati va joyi böyiça özaro yaqin tuşunça yöq», – degan taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov CNN naşriga izohida.












