Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi özining yangi odamsimon roboti — H2ʼni taqdim etdi. Namoyiş etilgan video robototexnika olamida katta şov-şuv keltirdi. Sababi — H2 nafaqat yuradi, balki raqs tuşadi, jangovar harakatlarni bajaradi va tabiiy plastika bilan harakatlanadi.

Maşina va inson örtasidagi çiziq yöqolmoqda

Namoyişlarda robotning silliq va muvozanatli harakati deyarli insonnikiga yaqin. Bu esa ekspertlarni maşina va odam örtasidagi farq tobora kamayayotgani haqida öylaşga majbur qildi. Unitree muhandislaridan biri:

“Biz insonlar uçun yaratilgan muhitda erkin harakatlana oladigan universal platforma yaratişga intilyapmiz. Harakatlarning tabiiyligi bu — hamkorlikning kaliti”.

Texnik tafsilotlar

H2 — töliq ölçamli gumanoid: böyi 180 sm, vazni 70 kg. Işlab çiquvçilar uni yugurişga ham qodir deya ta’kidlamoqda. Töliq texnik xususiyatlar oşkor qilinmagan bölsa-da, videodan uning avvalgi modeldan sezilarli darajada rivojlangani körinib turibdi.

Yangi detal — bionik yuz. Uning funksiyasi sir tutilgan, ammo körinişi odamda ilmiy-fantastik filmlarni eslatib, bir vaqtning özida qiziqiş va xavotir uyğotadi.

Mutaxassislar fikriça, H2 bozorda paydo bölişi bilan gumanoid robotlar segmentidagi raqobatni kuçaytiradi. Avvallari asosan AQŞ kompaniyalari ustun bölgan bölsa, endi Xitoy ham jiddiy öyinçiga aylanmoqda.