Kelgusi yili Parlamentlararo ittifoqning Yoşlar parlamenti a’zolari 12-global konferensiyasi Özbekistonda ötkaziladi. Jyeneva şahrida Senat raisi Tanzila Norboyeva va Parlamentlararo ittifoq boş kotibi bu böyiça namunaviy hujjatni imzoladi.

Şu hafta Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Parlamentlararo ittifoqning 151–assambleyasi ötkazilmoqda. Unda Özbekiston nomidan Senat raisi Tanzila Norboyeva qatnaşdi. U öz çiqişida dunyoda keçayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga xavf solayotganini gapirdi.

Assambleya doirasida Senat raisi boş kotib Martin Çungong bilan ham körişib, muloqot qildi. Suhbat çoğida şu yilning aprelida Toşkentda ötkazilgan 150-assambleya, uning natijalari borasida fikr almaşildi. Çungong Özbekistonning mezbonligidan taşkilot mamnunligini aytdi.

Şuningdek, muloqotdan söng Tanzila Norboyeva va Marting Çungonglar 2026 yilda ötkaziladigan Yoş parlament a’zolarining 12-global konferensiyasiga mezbonlik rasman Özbekistonga ötuvçi namunaviy hujjatga imzo çekişdi. Uşbu xalqaro tadbir yoşlarning parlament faoliyatidagi iştirokini kuçaytiriş, xalqaro muloqotdagi faolligini oşirişga xizmat qiladi.

“Özbekiston Parlamentlararo Ittifoqning bir qator yuqori darajadagi, juda muhim yiğilişlariga mezbonlik qilgan. Ulardan eng sönggisi 150 assambleya. Kelgusi yili yana Özbekistonga, bu safar global hamjamiyat oldida turgan muammolarni hal qilişda yoşlarning hissasini muhokama qiliş uçun borayotganimizdan xursandmiz. Işonçimiz komilki, Özbekiston hukumati uşbu konferensiyaning muvaffaqiyatli ötişini ta’minlaş uçun bor kuçini işga soladi va uning natijalari yoşlarning imkoniyatlarini kengaytiriş dasturini ilgari surişga yordam beradi. Asosiy maqsadimiz şu. Biz bu anjumandan yoşlarni boşqaruvga jalb qiliş, ular uçun bandlik, ta’lim va boşqa sohalarda imkoniyatlar yaratişni rağbatlantirişda bir turtki sifatida foydalanmoqçimiz”,- deydi parlamentlararo ittifoq boş kotibi.