Germaniya kansleri Fridrix Mers "Rosneft" uçun AQŞning yangi sanksiyalaridan «istisno» berilişiga işonyapti. «Biz buni amerikaliklar bilan muhokama qilamiz», deya Reuters Mersning 24 oktyabr, juma kuni keçqurun sözlarini keltirdi.
Şu kuni ertalab Reuters Germaniya rasmiylari "Rosneft"ning Germaniyadagi şu’ba korxonalarini AQŞning yangi sanksiyalaridan himoya qilişga harakat qilayotgani haqida xabar bergan edi. Uşbu xabarlarga köra, bir neçta banklar allaqaçon AQŞ sanksiyalari ularning Rossiya neft kompaniyasining Germaniyadagi şu’ba korxonalari bilan biznes yuritişiga tösqinlik qilişi mumkinligini ta’kidlagan. Germaniya Iqtisodiy işlar va energetika vazirligi Reuters agentligiga AQŞ sanksiyalari "Rosneft"ning Germaniyadagi biznesiga ta’sir qilmasligi kerakligini aytdi, çunki ular davlat nazorati ostida.
DW vazirlikka AQŞ sanksiyalaridan "Rosneft"ning Germaniyadagi şu’ba korxonalariga tahdid bor-yöqligini aniqlaş uçun öz sörovini yubordi.
Gap ikkita nemis kompaniyasi: Rosneft Deutschland va RN Refining & Marketing haqida ketmoqda. Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga töliq miqyosda bostirib kirişidan söng, Germaniya hukumati "Rosneft"ni ular ustidan nazoratdan mahrum qildi va ularni Federal tarmoq agentligining taşqi işonçli boşqaruviga ötkazdi. "Rosneft" egalikni saqlab qoldi. 2025 yil sentabr oyida Rosneft Deutsçland'ning işonçli boşqaruvi yana bir yilga uzaytirildi.
Rosneft Deutschland Germaniya neftni qayta işlaş quvvatining taxminan 12 foizini nazorat qiladi. Kompaniya Germaniyaning uçta yirik neftni qayta işlaş zavodlarida uluşga ega: Şvedtdagi PCK Schwedt, Karlsruedagi MiRo va Foburg-Dunaydagi Bayernoil.











