AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina uruşi borasida Moskvaga nisbatan siyosatini keskin özgartirib, Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi. Bu esa jahon bozorida neft narxlarining deyarli 5 foizga oşişiga va Hindistonning Rossiyadan import hajmini kamaytirişni körib çiqişiga sabab böldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Sanksiyalar Rosneft va Lukoyl kompaniyalariga qaratilgan. Ular birgalikda jahon neft işlab çiqarişining 5 foizdan ortiğini taşkil etadi. Bu Tramp uçun keskin buriliş böldi — u atigi bir hafta oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeştda Ukraina uruşini töxtatiş böyiça sammit ötkazişni rejalaştirayotganini aytgandi.

Garçi qisqa muddatda bu Rossiya iqtisodiyotiga kuçli zarba bölmasa-da, bu qadam Trampning Rossiya moliyasini siqiş va Kremlni tinçlik kelişuviga majbur qiliş niyatini yaqqol körsatadi.

Savdo manbalarining Reuters’ga aytişiça, bu sanksiyalar ortidan Xitoyning davlatga qaraşli neft gigantlari vaqtinça Rossiya neftini xarid qilişni töxtatgan. Rossiya dengiz yöli orqali neft eksportining eng katta xaridori bölgan Hindiston esa import hajmini keskin kamaytirişga tayyorlanmoqda.

Rossiyaning ikki eng yirik mijozidan talabning pasayişi Moskva neft daromadlariga bosim ötkazadi, dunyoning asosiy importçilari esa muqobil manbalarni izlaşga majbur böladi — bu esa global narxlarning oşişiga olib keladi.

Tramp özining navbatdagi siyosiy burilişida çorşanba kuni şunday dedi: “Putin bilan rejalaştirilgan sammit bekor qilindi, çunki u kutilgan natija bermaydi”. U, şuningdek, Putin bilan bölgan “köp yaxşi suhbatlari” heç qanday amaliy natija bermaganidan şikoyat qildi.

“Biz prezident Putin bilan uçraşuvni bekor qildik — bu menga töğri kelmagandek tuyuldi. Biz kerakli natijaga erişa olmasdik deb öyladim. Şu bois bekor qildim, ammo kelajakda albatta uçraşamiz”, — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

Rossiya esa AQŞ sanksiyalarini samarasiz deb atadi.

Uçraşuv bekor qilingan paytda Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina uçun moliyalaştiriş masalasini muhokama qildi, muzlatilgan Rossiya aktivlarini Kiyevga 140 milliard yevrolik (163 milliard dollar) kredit sifatida beriş taşabbusi kötarildi. Moskva esa, agar bu aktivlar musodara qilinsa, “oğriqli javob” berişini aytdi.