Körgazma parvozi davomida bu har qanday ob-havoda parvoz qila oladigan vertolyot bir qator murakkab figuralarni bajardi: havoda turib qarşi oliş, orqaga harakatlanib balandlikka kötariliş, vertikal parvoz va sönggi qismida — jang şaroitida qöllanadigan issiqlik qopqonlarini otiş bilan namoyişni yakunladi.
Z-20T’ning omma oldidagi bu körinişi sönggi yillardagi kamdan-kam holatlardan biri böldi. Ilgari bu vertolyot oxirgi marta 3 sentabr kuni Pekindagi Ğalaba paradida, Tyananmen maydoni ustidan parvoz qilganida körilgan edi.
Z-20T — bu bazaviy Z-20 vertolyotining harbiy-şturm operatsiyalari, öt oçişga yordam beriş va maxsus vazifalar uçun möljallangan modifikatsiyasi. AVIC muhandislarining ma’lumotiça, yangi model yuqori yuk kötariş qobiliyatiga ega bölib, u desant va texnika taşişni ham ta’minlay oladi — hatto oğir jang şaroitida ham.
Körgazma Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi hamkorligida ötkazildi va u zamonaviy havo hujum vositalari — vertolyotlar, dronlar hamda ilğor aviatsiya qurol-yaroğ tizimlariga bağişlandi.
Şular orasida yangilangan Z-20T ayniqsa ajralib turdi: u bazaviy versiyadan farqli ravişda qisqartirilgan qanotlarga ega bölib, ularga yondoş yonilği baklari va qurol tizimlari örnatiş mumkin. Bu yeçim vertolyotning parvoz masofasini va oğir zarba beriş salohiyatini ança oşiradi.
Işlab çiqaruvçilar ta’kidlaşiça, Z-20T’ning asosiy afzalliklaridan biri — uning adaptivligi. Agar qurol-yaroğ tizimlari olib taşlansa, vertolyotni osonlikça transport yoki qutqaruv vazifalari uçun qayta moslaştiriş mumkin. Modulli tutaşuv tizimi esa uni turli vazifalar — yuk taşişdan tortib qidiruv-qutqaruv amaliyotlarigaça — tez moslaştiriş imkonini beradi.
Bazaviy Z-20 modeli 2018 yilda foydalanişga taqdim etilgan bölib, Xitoy tomonidan mustaqil ravişda işlab çiqilgan ilk 10 tonnali köp maqsadli vertolyot hisoblanadi. U köpinça Amerikaning Sikorsky UH-60 Black Hawk'i bilan taqqoslanadi. Biroq Z-20 hozirda turli harbiy bölinmalar uçun möljallangan boşqa turdagi modifikatsiyalarga ega butun bir vertolyot oilasiga aylanib ulgurgan.












