“Kelajak dvigatellari”: gibridlar va yangi avlod sanoatiga bölgan e’tibor.

Kia, Chery, Haval va Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori bölgan ADM Global kompaniyalar guruhi Özbekiston hukumati bilan CKD texnologiyalaridan foydalangan holda gibrid avtomobillar işlab çiqarişga keng kölamli ötişning boşlanğiç nuqtasi böladigan investitsiya şartnomasini imzolaşga tayyorlanmoqda.

Kompaniya strategiyasining asosiy elementi klassik içki yonuv dvigateli versiyasida ham, gibrid modifikatsiyasida ham bir xil modelni işlab çiqariş imkonini beruvçi universal platforma böladi.

ADM Global: miqyosi va tuzilişi

Bugungi kunda guruh tarkibiga 4500 dan ortiq xodimlar mehnat qiladigan 35 ta kompaniyalar kiradi.

Xususan, ADM Global kompaniyalar guruhiga Özbekistondagi birinçi xususiy multibrendli avtomobil zavodi — ADM Jizzakh kiradi. Korxona zamonaviy CKD va SKD işlab çiqariş quvvatlariga ega.

Bundan taşqari, ADM Global keng dilerlik tarmoğiga (bugungi kunda 85 ta markaz) va butun mamlakat böylab mintaqaviy bölinmalariga ega.

2025 yil yakuniga köra, kompaniya tovar aylanmasini 1,024 milliard AQŞ dollariga prognoz qilmoqda, şu bilan birga mamlakat avtomobil bozorida barqaror ravişda ikkinçi örinni egallab kelmoqda.