AQŞning Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor hamda davlat kotibi örinbosari Kristofer Landau Qozoğiston va Özbekistonga taşrif buyuradi.

Davlat departamentining ma’lum qilişiça, delegatsiya har ikki mamlakatda hukumat vakillari bilan uçraşuvlar ötkazib, qator ustuvor yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş masalalarini körib çiqadi. Kun tartibiga iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy xavsizlik va özaro manfaatli şeriklik masalalari kiritilgan.

AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga köra, taşrifda muhim minerallar va energetika sohasidagi savdo-sotiq hamda sarmoyalar, şuningdek, S5+1 formatidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

“Amerika Qöşma Ştatlari va Özbekistonni istiqbolli imkoniyatlar kutmoqda!” – deya qayd etgan elçixona.

Har ikki manbada ham safar sanasiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq ikki kongressmen Trampga xat yöllab, Markaziy Osiyo davlatlari iştirokida sammit ötkazişga çaqirgan edi. Kongress a’zolari Sidni Kamlager-Dav va Bill Hyuizenganing fikriça, C5+1 formatidagi sammit AQŞga Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlaş va mintaqadagi öz strategik manfaatlarini (xavfsizlik, iqtisodiyot, “yumşoq kuç” va boşqaruv sohalarida) ilgari suriş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev sentabr oyida BMT Boş assambleyasi sessiyasida qatnaşiş uçun Nyu Yorkda bölgan va prezident Donald Tramp bilan uçraşgan edi. Uşbu taşrif davomida elçi Serjio Gor (u Toşkentda tuğilgan) Özbekiston yetakçisining qabulida bölgan, ularning huzurida Özbekiston va AQŞ örtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan edi.