AQŞ harbiy vaziri Pit Hegset Janubiy qömondonlik mas’ul bölgan hududga Gerald Ford aviataşuvçisi boşçiligidagi zarba guruhini yuborişni buyurdi, deb xabar berdi Reuters.
Qaror Vaşingtonning Karib havzasidagi harbiy kampaniyasi avj olişi va prezident Donald Trampning Venesuela yetakçisi Nikolas Maduroga tahdidlari fonida qabul qilindi.
Maduro 23 oktabr kuni Qöşma Ştatlarga ingliz tilida murojaat bilan çiqqan edi: «Dunyoda tinçlik bölsin! Iltimos, dahşatli uruş bölmasin!».
Bayonot Tramp MRBning Karakasga qarşi maxfiy operatsiyalariga ruxsat berganini ma’lum qilganidan keyin yangradi. AQŞ allaqaçon mintaqada «giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraş» bahonasida harbiy kemalar va samolyotlarni joylaştirgan.
Sentabr oyi boşidan beri AQŞ harbiylari Venesuela qirğoqlarida 8 ta kema va qayiqqa zarba berdi, oqibatda 40 nafardan ortiq odam halok böldi. Şu bilan birga, AQŞ yöq qilingan kemalar haqiqatan ham giyohvand moddalarni olib ketayotganiga dalil keltirmadi.
Maduro Vaşingtonni Venesueladagi rejimni özgartirişga intilişda ayblamoqda - Oq uy aynan şunga intilmoqda, dedi kuni keça Trampning safdoşi senator Lindsi Grem.
Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino payşanba kuni «töntarişga» har qanday uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçraşini aytdi. U Karib dengizida Amerika kuçlarining joylaştirilişiga javoban Venesuela qirğoqlarida harbiy maşğulotlarga rahbarlik qilmoqda.
Ekspertlar çet el va xalqaro suvlarda giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi kemalarga nisbatan halokatli kuç işlatişning qonuniyligini şubha ostiga olmoqda, çunki gumonlanuvçilar na hibsga olingan, na söroq qilingan.












