2025 yilda Özbekistonda qotillik jinoyatlarining 15 tasi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgani ma’lum böldi. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, ötgan yilda respublikada voyaga yetmaganlar 3 266 ta jinoyatga qöl urgan. Bu jami jinoyatlarning 2,1 foizini taşkil etgan. Şundan 2 554 tasi oldini oliş mumkin bölgan, 321 tasi aniqlangan, 391 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 65,5 foizi 5 ta hudud hissasiga töğri kelgan: Toşkent şahrida 634 ta, Farğonada 482 ta, Namanganda 371 ta, Toşkent viloyatida 345 ta va Samarqandda 308 ta.
Oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlarning har ikkinçisi (1 313 ta) öğrilik ekani aniqlangan. Şuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan 84 ta firibgarlik, 193 ta bezorilik, 68 ta oğir tan jarohati yetkaziş, 68 ta transport vositasini olib qoçiş, 36 ta nomusga tegiş, 17 ta bosqinçilik hamda 15 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.













