Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 13 iyuldagi 380-sonli qarori bilan «Voyaga yetmagan şaxsni töla muomalaga layoqatli deb e’lon qiliş (emansipatsiya) böyiça davlat xizmatini körsatiş»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazlari, «Inson» markazlari yoki ijtimoiy xodim orqali, şuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali foydalaniş mumkin.
Reglamentga köra, vakolatli organ ariza beruvçini quyidagi şartlar mavjud bölgan taqdirda töla muomalaga layoqatli deb e’lon qiliş töğrisida qaror qabul qiladi:
ariza beruvçi psixologik jihatdan yetuk bölişi va öz xatti-harakatlarining oqibatini anglay olişi;
tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan kamida uç oy davomida uzluksiz şuğullangan bölişi;
öquv fanlarini özlaştirişi va davomati böyiça ijobiy ma’lumotga ega bölişi.
Şuningdek, emansipatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilinganidan söng mazkur ma’lumotlar avtomatik tarzda Emansipatsiya qilingan şaxslar reyestriga kiritiladi.













