Ekologiya vazirligi «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida havo ifloslanişining oldini oliş va iqlim özgarişining oqibatlarini yumşatiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etdi.

Vazirlik xabariga köra, loyiha sanoat korxonalari va issiqxona xöjaliklaridan çiqadigan iflos moddalar darajasi yuqoriligini hal etişga qaratilgan.

Xususan, quyidagilar taklif etilmoqda:

  • hududdagi sanoat korxonalari va issiqxonalarda çang va gaz tozalaş uskunalarini örnatiş;
  • issiqxonalarda mavjud qozonlarni zamonaviy energiya samarador va ekologik toza tizimlar bilan almaştiriş;
  • issiqxona va sanoat obektlarini kömirni işlatmasdan boşqa muqobil energiya manbalariga ötkaziş;
  • korxonalarga işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, taşlamalarni tozalaş tizimlarini, mahalliy tozalaş inşootlarini, avtomatik havo monitoringi stansiyalarini örnatiş uçun moliyaviy rağbatlar taqdim etiş, şu jumladan, grant mexanizmlari yordamida.

Ta’kidlanişiça, uşbu çora-tadbirlar ifloslantiruvçi moddalar çiqarilişini “sezilarli darajada kamaytirişga” yordam beradi.