O‘zbekistonning 2025 yil yanvar–sentabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi qayd etishicha, bu davrda tashqi savdoda eng katta ulushni Xitoy egallagan bo‘lib, Rossiya undan keyingi o‘rinda qayd etildi.

Top-10 savdo sherigi (AQSh dollarida):

  • Xitoy — 11,4 mlrd;
  • Rossiya — 9,4 mlrd;
  • Qozog‘iston — 3,5 mlrd;
  • Turkiya — 2,2 mlrd;
  • Koreya Respublikasi — 1,3 mlrd;
  • Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
  • Fransiya — 1,1 mlrd;
  • Hindiston — 961,1 mln;
  • Germaniya — 957,6 mln;
  • BAA — 937,8 mln.

Umuman, top-10 davlat hissasi tashqi savdo aylanmasining yarmidan ortig‘ini tashkil etgan. Raqamlar qulay o‘qish uchun yaxlitlangan.