Toşkent şahrining Bobur köçasi böylab ekilgan arçalar tunda kesib taşlandi. Ularni kesib, örniga qimmatbaho daraxtlarni ekiş topşiriği Toşkent şahri hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonov tomonidan berilgan. Ekologiya bölimi xodimlari çora körmoqçi bölganda, bosimga uçragan.

25 oktyabrdan 26 oktyabrga ötar keçasi Yakkasaroy tumani Bobur köçasi böyidagi 200 tupga yaqin daraxt (mojjyevelnik) noqonuniy kesib taşlandi. Kun.uz muxbiri manzilga borib, tafsilotlarni örgandi.

Voqea guvohlarining aytişiça, bu iş Toşkent şahri hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonovning topşiriği bilan amalga oşirilgan. Ayni paytda esa hududga har bir tupi 1 000 AQŞ dollari turadigan 100 tup Piramidalis daraxtlarini ötqaziş işlari boşlangan.

Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning sözlariga köra, tuman ekologiya xodimlari bosim ostida qolib, holat böyiça tezkor çora köra olmagan. Şu bois, bu iş vazirlik nazoratiga ötgan.

«Endi bu yerda yuzlab guvohlar bor. Masalan, obodonlaştiriş xodimlari şu yerda daraxt kesgan vaqtda bizning inspeksiya xodimlari kelib, suriştiruv boşlagandayoq, Rahmonovning topşiriği bilan qilyapmiz, deyişgan. Bu köz yumib bölmaydigan fakt.

Endi hozir hokimiyat soxta guvohlar topib, qörqitib, majburlab, boşqa holat bölganini aytişi mumkin. Lekin aniqki, obodonlaştiriş xodimlarining özboşimçalik qilib, daraxt kesişga jur’ati yetmaydi.

Rahmonov kelib, bizning respublika inspeksiyamiz xodimining telefonini zörlik qilib olib qöygan. Içki işlar xodimlariga buyurib, olib qöyinglar, degan. Içki işlar xodimi telefonni olib, keyin “Bu Toşkent şahar ekologiya xodimi emas, respublika vazirligi xodimi”, deganidan keyin qaytarib bergan.

Qiziği, öşa yerda prokuratura vakillari ham bölgan. “Bizning xodimlarga, ekologiyaga duşmanmisizlar, daraxt ekişimizga qarşimisizlar?” deyişgan. Biz daraxt ekişga qarşi emasmiz. Biz daraxt noqonuniy kesilişiga qarşimiz. Bu yerda daraxtlar şunça yildan buyon yaşnab turgandi, borini saqlab qoliş kerak-da. Endi çet eldan kelgan mana bu daraxtlarni ekişmoqçi.

Ilmiy xodim esa bularni hozir ekib bölmasligi, qurib qolişini aytyapti. Ular daraxt böyiça ilmiy xodimlarning fikrini ham inobatga olmagan. Hozir maqsad şunçaki ekiş. Endi bu qaysidir firmaga tegişli bölsa kerak. Natijada davlat budjetidan pul çiqadi. Lekin daraxtni ekişimiz kerak, degan xohiş bilan amaldagi qonunlarni buzib, bu işni qiliş kerak emas-ku? Tağin buni hokimiyat qilyapti», – deydi u.