AQŞ va Rossiya prezidentlarining uçraşuvi bekor qilingaç, Tramp Moskvaga qarşi ilk sanksiyalarini e’lon qildi. Bundan taşqari, Yevroittifoq ham 19-paket sanksiyalar bilan Rossiyaga navbatdagi zarbani yölladi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar bu çoralarning ta’siri haqida söz yuritdi.

Kamoliddin Rabbimov: Rossiya budjetining qariyb 21,8 foizi “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalaridan tuşadigan soliqlar hisobiga şakllanadi. Bu miqdor taxminan 8 trillion rublni taşkil etadi. 2024 yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 13,1 trillion rubl bölgan. Ya’ni uruş uçun sarflanayotgan mablağning qariyb 80 foizi aynan “Lukoyl” va “Rosneft”dan tuşayotgan daromadlar hisobidan qoplanmoqda. Şuning uçun ham bu sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotining “belini sindiradigan” darajada jiddiy oqibatlarga olib keladi, deyiş mumkin.

Putin bu sanksiyalar “bizga jiddiy ta’sir qilmaydi” dedi. Tramp esa bunga kulimsirab: “Agar şunday bölsa, yaxşi, olti oydan keyin köramiz”, deb javob qaytardi.

Sanksiyalardan keyin Putinning eng yaqin muzokaraçisi Kirill Dmitriyev darhol Vaşingtonga yöl oldi. U yerda u “Ukraina bizning şartlarimizga rozi böldi”, deb bayonot berdi. Aslida esa sanksiyalardan söng aynan Rossiyaning özi murosaga yaqinlaşgan, Ukrainaning pozitsiyasi esa özgarmagan.

Anvar Yöldoşev: Şu paytgaça Yevropa Ittifoqi 18 ta sanksiyalar paketini joriy qildi. 18 ta paket Rossiyani “ötirğizib” qöymadi-ku, ön töqqizinçisi ötqizadimi? Menimça, bu ta’sir qiladi, lekin siz aytgan darajada emas.

Kamoliddin Rabbimov: Şimoliy Koreya 70-80 yildan beri sanksiyada ötiribdi. Eron ham salkam 50 yildan beri sanksiyalar ostida. Sanksiyalar davlatni, xalqni öldirib qöymaydi, umumiy qudratini söndirib taşlaydi.

Sanksiyalar birdaniga ta’sir qilmaydi. Lekin hozirning özida Rossiyaga borsangiz, maşinalar narxi oşib ketgan... Rossiya, Erondan farqli ravişda, Yevropa iqtisodiyotiga kuçli integratsiya bölgan.

Şuhrat Rasul: Rossiya iqtisodiyoti allaqaçon global iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylangan edi. Putin öz prezidentligi davrida mamlakatni jahon bozoriga integratsiya qilişga erişdi. Yirik Rossiya kompaniyalari fond birjalarida aksiyalarini sotib, xalqaro investorlar iştirokida faoliyat yurita boşlagan. Ammo bugungi sanksiyalar bu tizimni izdan çiqarmoqda.