Prezidentlar uçraşuvi doirasida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar töplami qabul qilindi. Jumladan, Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Serbiyaning Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy masalalar vazirligi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi.

Nima özgaradi?

  • qonuniy bandlik: özbekistonliklarni Serbiyada işga qabul qiliş tartibi birxillaştiriladi, hujjat aylanmasi va talablar aniqlaştiriladi;
  • huquqiy himoya: xorijda işlayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş böyiça hamkorlik kuçayadi;
  • profilaktika: noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini oliş uçun qöşma çora-tadbirlar amalga oşiriladi;
  • tajriba almaşiş: bandlik tizimidagi ilğor amaliyotlar böyiça öquvlar, seminarlar va axborot almaşinuvi yölga qöyiladi.

Ikki tomon qonunçilikni monitoring qiliş, ma’lumot almaşiş va qöşma maslahatlaşuvlar ötkazişni tizimli asosda yölga qöyadi.

Özbekiston fuqarolarini Serbiyada işga qabul qiliş tartib-tamoyillarini muvofiqlaştiriş uçun alohida texnik bayonnoma işlab çiqiladi.

Memorandum ikki davlat yetakçilari huzurida imzolangan hujjatlar töplamining bir qismidir va Özbekiston–Serbiya munosabatlarida mehnat bozoridagi hamkorlikni çuqurlaştirişni maqsad qiladi.