AQŞ Moliya vazirligi “Rosneft”ning Germaniyadagi şu’ba korxonalari bilan kelasi yarim yil davomida operatsiyalar ötkazişga umumiy litsenziya berdi. 29 oktyabr kuni e’lon qilingan hujjatda şunday deyiladi: “Rosneft Deutschland GmbH yoki RN Refining & Marketing GmbH, yoki ular 50 foiz va undan ortiq uluşga ega bölgan istalgan taşkilot iştirokidagi barça tranzaksiyalarga 2026 yil 29 aprel kuni soat 00:01gaça ruxsat etiladi”.
Bundan bir kun oldin FRG iqtisodiyot vaziri Katerina Rayxe Germaniyada taşqi boşqaruvda turgan “Rosneft” aktivlari Rossiya neft sektoriga qarşi AQŞning yangi sanksiyalari ta’siriga tuşmasligini aytdi. U buni Vaşington tomonidan yuborilgan “kafolat xati” bilan izohladi.
Bloomberg yozganidek, AQŞ “Rosneft”ning Germaniyadagi şu’ba korxonalarining mulkdorlik tuzilmasini tartibga soliş uçun olti oylik muddat bergan. AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati nemis tomoniga Rosneft Deutsçland’ga yangilanmaydigan çeklangan umumiy litsenziya beriş imkoniyatini körib çiqayotganini ma’lum qilgan, deb xabar qildi agentlik manbalari.
22 oktyabr kuni AQŞ Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça “Rossiyaning jiddiy manfaatdor emasligi”ni sabab sifatida keltirib, RFga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi. “Rosneft” va “Lukoyl” kabi Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi, şuningdek, ularning şu’ba korxonalari “qora röyxat”ga kiritildi.
Bundan taşqari, “50 foiz va undan ortiq uluşi bloklangan şaxs(lar)ga tegişli har qanday yuridik şaxslar” ham töliq tösib qöyildi. Qoidalarni buzgan taqdirda “AQŞ fuqarolari va xorijiy fuqarolarga nisbatan fuqaroviy-huquqiy yoki jinoiy sanksiyalar” qöllanişi mumkinligi qayd etilgan.
Rossiya Ukrainaga bosqin boşlagandan söng, Germaniya hokimiyati “Rosneft”ning Rosneft Deutschland va RN Refining & Marketing ustidan nazorat qiliş huquqini bekor qilib, ularni Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur)ning taşqi işonçli boşqaruviga ötkazgan, biroq mulk huquqi “Rosneft”da saqlanib qolgan.
Rosneft Deutschland Germaniya neftini qayta işlaş quvvatining taxminan 12 foizini nazorat qiladi. Kompaniya mamlakatdagi uçta yirik NQZda uluşga ega: Şvedt şahridagi PCK Schwedt, Karlsruedagi MiRo va Foburg-Dunaydagi Bayernoil.












