Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari kapitalining monandligi (yetarliligi) bo‘yicha mezonlarni belgilaydi va hisob-kitob tartibini aniqlashtiradi.
Unga ko‘ra, yangi (faoliyatiga 3 yildan oshmagan) banklarda I darajali kapital miqdori bank ustav kapitali eng kam miqdorining kamida 70 foizi bo‘lishi shart.
I darajali asosiy kapital tarkibiga qo‘shilgan kapital (oddiy aksiyalar nominalidan yuqori to‘langan summa), taqsimlanmagan foyda, shuningdek o‘tgan yillar qoplanmagan zararlari va joriy yil zararlari kiradi.
Kredit tavakkalchiligi bankning aktivlari hamda kredit tavakkalchiligi mavjud bo‘lgan balansdan tashqari hisobvaraqlar, jumladan hosilaviy instrumentlar bo‘yicha hisoblanadi.
Yangi me’yorlar banklar barqarorligini mustahkamlash, kapital sifati va tavakkalchilikni boshqarishning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.









