Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNeSKO) Boş direktori Odri Azuleni qabul qildi.
Suhbat avvalida Odri Azule Özbekiston rahbarini tarixiy voqea – taşkilot Boş konferensiyasining 43-sessiyasi sönggi 40 yilda ilk bor YuNeSKOning Parij şahridagi boş qarorgohidan taşqarida ötkazilayotgani bilan tabrikladi.
Özbekiston konferensiyani yuqori saviyada taşkil etayotgani va uni amaliy ahamiyatga ega tadbirlar bilan boyitgani e’tirof etildi.

Sammit doirasida YuNeSKOning Maktabgaça ta’lim böyiça mintaqaviy markazi işga tuşiriladi, Beruniy mukofoti ğoliblarini taqdirlaş marosimi, Samarqand şahrining 3000 yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, şuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt, gender mavzulari böyiça forumlar va boşqa köplab tadbirlar ötkaziladi.
Keyingi yillarda Özbekiston va YuNeSKO örtasidagi hamkorlik mustahkamlangani, birgalikda bolalar ta’limi böyiça butunjahon konferensiyasi ötkazilgani, Parijda Beruniyning 1050 yilligi nişonlangani va buyuk alloma şarafiga xalqaro mukofot ta’sis etilgani ta’kidlandi.


Özbekistonning taşabbusi bilan YuNeSKOning uçta muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi. Taşkilotning maxsus röyxatlariga Özbekistonning bir qator yangi obektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.
YuNeSKO bilan şeriklikni yanada kengaytiriş, ustuvor yönalişlarda yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga Özbekiston tomoni tayyor ekani bildirildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston prezidenti fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirişdagi katta xizmatlari hamda Özbekiston xalqining boy madaniy merosini keng ommalaştirişga qöşgan şaxsiy hissasi uçun Odri Azule xonimga “Döstlik” ordenini topşirdi.













